23-avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Poytaxtda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
11-iyul kuni uchun ob-havo prognozi
Foto: Kursiv Uzbekistan

23-avgust kuni O‘zbekiston hududining aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32–37 daraja, janubiy hududlarda esa 40 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Poytaxtda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esib, ayrim paytlarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat 33–35 daraja bo‘ladi.

Tog‘larda yomg‘ir va momaqaldiroq

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda shamol 9–14 m/s tezlikda esadi, havo harorati 20–25 darajani tashkil etadi.

Sel-suv toshqinlari xavfi

Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, shuningdek, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri dam olish kunlari O‘zbekistonda havo salqinlashishi haqida yozgandi.

Shuningdek