Abduqodir Husanov FC 27’da reytingini sezilarli oshiradi

23-avgust 2026 14:22 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Abduqodir Husanovning farzanli bo‘lgani "Siti"da qanday qabul qilindi
Abduqodir Husanovning farzanli bo‘lgani «Siti»da qanday qabul qilindi / Foto: Mancity.com

O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning «Manchester City» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yangi EA SPORTS FC 27 futbol simulyatorida yuqoriroq reytingga ega bo‘ladi. Bu haqda Sports.kz nashri xabar berdi.

Reytingi 82 ball bo‘ladi

22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining o‘yindagi boshlang‘ich umumiy reytingi 82 ball etib belgilanishi kutilmoqda. Bu uning avvalgi versiyadagi ko‘rsatkichidan 5 ball yuqori.

Husanovning reytingi «Manchester City»ning misrlik hujumchisi Umar Marmushnikiga teng bo‘ladi. Jamoada eng yuqori reyting esa 91 ball bilan Erling Holandga tegishli.

Husanov — klubning istiqbolli himoyachilaridan biri

Markaziy himoyachi sifatida faoliyat yuritayotgan Husanov Osiyo futbolining eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. U 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester City»ga o‘tgan.

Reyting hali yakuniy emas

Ta’kidlanishicha, hozircha e’lon qilingan reytinglar rasmiy hisoblanmaydi va o‘yinning yakuniy versiyasi chiqarilishiga qadar o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanovning «Siti»si yangi mavsumini «Bornmut»ga qarshi boshlashi haqida yozgandi.

Shuningdek