Dollar tushdi: 25-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar kursi 35,48 so‘mga tushdi
Dollar tushdi: 25-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

25-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 35,48 so‘mga tushib, 11 818,07 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 18-avgust kuni 33,83 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni, 19-avgust kuni 36,95 so‘mga tushib, 11 820,40 so‘mni va 20-avgust kuni yana 25,52 so‘mga tushib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi. 21-avgust kuni esa kurs 52,28 so‘mga oshib, 11 847,16 so‘mni, 24-avgust kuni yana 6,39 so‘mga oshib, 11 853,55 so‘mni qayd etdi.

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 81,7 so‘mga tushib, 13 788,14 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham tushdi. Rubl kursi 0,17 so‘mga tushib, 141,69 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 24-avgust kuni qaysi banklarda xorijiy valyutalarni qulay ayirboshlash mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek