Fond bozori: 22 ta yuqori likvidli aksiya haftani ijobiy yakunladi

eʼlon qilindi
14-avgustdan 21-avgustgacha bo‘lgan davrda
Aksiyalar
Foto: MTrading

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 14-avgustdan 21-avgustgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 34,55 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Aloqabank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 49,57 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» (+25,13%) va «Olmaliq KMK» aksiyalarida (+20,74%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Turonbank» aksiyalari 11,11 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Buxoroneftgazparmalash»ning imtiyozli aksiyalari (-6,81%) va «Dori-darmon» (-3,58%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Kapital sug‘urta», «O‘zbekko‘mir», «Trastbank» va «Hamkorbank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha UzNIF (8 196 ta), «Hamkorbank» (4 172 ta) va «SQB» (3 195 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «SQB» (11,97 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. UzNIF (5,30 mlrd so‘m) va «O‘zbektelekom» (1,31 mlrd so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 22 tasi haftani ijobiy, to‘rttasi o‘zgarishsiz va 12 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 42,38 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbektelekom» aksiyalari nega keskin qimmatlashgani haqida ma’lumot berilgandi. Avesta Investment Group tahlil bo‘limi rahbari Shodlik Nazarov aksiyalar narxining oshishini bir nechta omil bilan bog‘laydi. Ular orasida «O‘zbektelekom» moliyaviy natijalarining yaxshilanishi, kompaniyaning O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi — UzNIF portfeliga kiritilishi, investorlar e’tiborining ortishi va kelgusida xalqaro bozorda aksiyalar joylashtirilishi bo‘yicha kutilmalar bor.

Shuningdek