Mirziyoyev Trampga ikkita o‘zbek ayvonini sovg‘a qildi — foto

eʼlon qilindi
Ayvonlar AQShning 250 yilligi arafasida o‘rnatilmoqda
Mirziyoyev Trampga ikkita o‘zbek ayvonini sovg‘a qildi
Foto: Foto: O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov Instagram sahifasi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp va Amerika xalqiga ikkita an’anaviy o‘zbek ayvonini tuhfa qildi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Ular Vashingtondagi West Potomac Park hududida o‘zbekistonlik ustalar tomonidan o‘rnatilmoqda.

Unga ko‘ra, ayvonlar AQShda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Amerika Qahramonlari milliy bog‘i hududidan joy oladi.

Ayvonlarni o‘zbekistonlik hunarmandlar o‘rnatmoqda

AQSh Ichki ishlar departamenti vakili Keti Martin Mirziyoyevning sovg‘asini Donald Tramp Amerika xalqi nomidan qabul qilganini ma’lum qilgan. Tashrif buyuruvchilar ayvonlarni kuz faslining oxiridan boshlab ko‘rishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov keyinchalik gap ikkita ayvon haqida ketayotganini tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, inshootlarni yig‘ish va o‘rnatish ishlarini O‘zbekistondan borgan hunarmandlar amalga oshirmoqda.

Sovg‘a ikki davlat do‘stligi ramzi sifatida taqdim etildi

Furqat Siddiqov ayvonlarni O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat hamda mustahkamlanib borayotgan strategik sheriklik ramzi sifatida baholadi.

Diplomat o‘zbek me’morchiligi namunalarining AQSh poytaxtida doimiy joy olishi ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni ham aks ettirishini ta’kidladi.

Ayvonlar AQShning 250 yilligi arafasida o‘rnatilmoqda

O‘zbek ayvonlarining Vashingtonda o‘rnatilishi AQSh mustaqilligining 250 yilligi nishonlanadigan 2026-yilga to‘g‘ri kelmoqda.

Amerika Qahramonlari milliy bog‘ini tashkil etish tashabbusi Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, unda AQSh tarixida muhim o‘rin tutgan shaxslar xotirasini abadiylashtirish rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev va Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek