Eron Trampning o‘g‘li uchun 10 mln dollar mukofot va’da qildi

eʼlon qilindi
Videoga «Barron Trampni qayerda va qanday o‘ldirish kerak?» deb nom berilgan
Foto: Eluniverso.com

Eron davlat televideniyesi AQSh prezidenti Donald Trampning 20 yoshli o‘g‘li Barron Trampga tahdid sifatida baholangan videoni namoyish etdi. Unda Barron Trampning harakatlari kuzatilayotgani va uni o‘ldirganlik uchun $10 mln mukofot va’da qilingani da’vo qilingan.

Eron davlat televideniyesining 3-kanalida namoyish etilgan, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) bilan bog‘liq OAV tarqatgan videoga «Barron Trampni qayerda va qanday o‘ldirish kerak?» deb nom berilgan.

Taxminan uch daqiqalik lavhada Barron Tramp o‘qiydigan universitet, uni qo‘riqlaydigan avtomobillar hamda AQSh Maxfiy xizmati xodimlarining joylashuvi aks ettirilgani aytiladi. Mualliflar uning harakatlari «to‘liq nazorat qilinganini» da’vo qilgan.

Videoda, shuningdek, noma’lum bir qiz Maxfiy xizmat qo‘riqlovidan o‘tib, Barron bilan yolg‘iz uchrashgani va undan ma’lumot olgani haqida da’vo ilgari surilgan. Barron Tramp Xbox orqali ovozli va yozma tarzda shaxsiy muloqot qilishi ham aytilgan. Bu ma’lumotlarning hech biri mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.

Tramp oilasiga tahdidlar kuchaymoqda

Barron Trampga bag‘ishlangan video Eron OAVida AQSh prezidentining oilasiga qarshi namoyish etilgan ilk material emas. Iyul oyida Tasnim agentligi Melaniya Trampning Nyu-Yorkdagi harakatlari va xavfsizlik choralariga bag‘ishlangan shunga o‘xshash videoni e’lon qilgan.

Eron davlat OAVida Donald Trampning o‘ziga nisbatan ham tahdidlar yangragan. Tehrondagi Islom inqilobi maydonida Trampni tobutda tasvirlagan va «We will kill Trump» («Biz Trampni o‘ldiramiz») degan yozuv tushirilgan bilbordlar ham paydo bo‘lgan. Avvalroq Donald Tramp Eron bilan savdo qiladigan yoki unga moliyaviy yordam ko‘rsatadigan davlatlar «juda katta iqtisodiy oqibatlar»ga duch kelishini aytgandi.

Shuningdek