Husanovning xatosi, Trampning o‘g‘li uchun 10 mln dollar mukofot — 25-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti

Husanovning xatosi, Trampning o‘g‘li uchun 10 mln dollar mukofot — 25-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Husanovning xatosi «Manchester Siti»ga qimmatga tushayozdi

Foto: Mancity.com

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Bornmut» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning asosiy qahramonlari Mark Gehi va Yoshko Gvardiol bo‘ldi. The Guardian nashri «Siti»ning xatosiga sababchi qilib Abduqodir Husanov va Ruben Diashni ko‘rsatdi.

«Bornmut» uzoq vaqt davomida hisobda oldinda borib, «Manchester Siti» ustidan tarixidagi ilk safar g‘alabasiga yaqin turgandi. Biroq uchrashuv yakuniga kelib, mezbonlar vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiyalik shaxmatchilarning Samarqandga kelishi taqiqlandi

Foto: Chessdom.com

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti kengashi rossiyalik grossmeysterlarni Samarqandda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etishga qo‘ymadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASSga ma’lum qildi.

Musobaqa 15 – 27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. 7-avgust kuni turnir tashkilotchilari ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qilgan, unda Rossiya vakillari bo‘lmagan.

Eron Trampning o‘g‘li uchun 10 mln dollar mukofot va’da qildi

Foto: Eluniverso.com

Eron davlat televideniyesi AQSh prezidenti Donald Trampning 20 yoshli o‘g‘li Barron Trampga tahdid sifatida baholangan videoni namoyish etdi. Unda Barron Trampning harakatlari kuzatilayotgani va uni o‘ldirganlik uchun $10 mln mukofot va’da qilingani da’vo qilingan.

Eron davlat televideniyesining 3-kanalida namoyish etilgan, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) bilan bog‘liq OAV tarqatgan videoga «Barron Trampni qayerda va qanday o‘ldirish kerak?» deb nom berilgan.

O‘zbekistonda qimorni reklama qilgan 50 dan ortiq saytlar bloklandi

Foto: Milanac.ru

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilgan 50 dan ortiq saytlarga cheklov qo‘yildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida jami 76 ta veb-sayt bo‘yicha ularni bloklash choralarini ko‘rish yuzasidan vakolatli davlat organlariga murojaatlar yuborilgan.

Chevrolet Tracker yangi versiyalarda sotuvga chiqdi — foto

Chevrolet Tracker Janubiy yangi versiyalarda sotuvga chiqdi
Foto: GMAuthority

Chevrolet Janubiy Koreya bozorida 2026-yilgi Tracker krossoverining ikkita yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi. Model endi LS Deluxe komplektatsiyasi hamda qora tomli Activ Black Roof variantida taklif qilinadi.

General Motors 2026-yilgi Chevrolet Tracker model qatorini Janubiy Koreyada kengaytirdi. Kompaniya boshlang‘ich komplektatsiyani yangilab, unga LS Deluxe nomini berdi. Shuningdek, Activ versiyasi uchun ikki rangli kuzov – Black Roof varianti paydo bo‘ldi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

«Xudoning qo‘li» yana tarix yaratdi: Maradona gol urgan to‘p 3,35 mln dollarga sotildi

«Xudoning qo‘li» goli urilgan to‘p kimoshdi savdosida 3,35 mln dollarga ketdi
Foto: depositphotos.com

Argentina futboli afsonasi Diego Maradona 1986-yilgi Jahon chempionatida Angliyaga qarshi o‘yinda «Xudoning qo‘li» nomi bilan tarixga kirgan golni urgan to‘p kimoshdi savdosida $3,35 millionga sotildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Biroq bu narx uning dastlabki bahosidan qariyb $5 millionga past bo‘ldi. Adidas Azteca to‘pi AQShdagi Heritage Auctions auktsionida sotilgan. Mutaxassislar uni $10 millionga baholagan, boshlang‘ich narx esa $2,5 million etib belgilangan edi.

O‘zbekiston gaz sizib chiqishiga qarshi kurash uchun 10,6 mln dollar grant oldi

Rossiyaning O‘zbekistonga gaz eksporti 10 mlrd kub metrdan oshishi mumkin
Foto: stat.uz

O‘zbekistonda gaz yo‘qotishlarini kamaytirish va gaz tashish infratuzilmasidagi muammolarni bartaraf etish uchun yangi loyiha amalga oshiriladi. Buning uchun Jahon banki mamlakatga $10,6 mln grant ajratdi.

Loyiha doirasida O‘ztransgaz infratuzilmasidagi gaz sizib chiqayotgan nuqtalarni aniqlash va ularni ta’mirlashga e’tibor qaratiladi.

Foydalanilgan Chevrolet Cobalt sotib olishga arziydimi

Ishlatilgan Chevrolet Cobalt sotib olishga arziydimi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Cobalt ikkilamchi bozorda nisbatan arzon narxi, keng saloni, tejamkorligi va xizmat ko‘rsatishning soddaligi bilan ajralib turadi. Biroq uzoq muddat foydalanilgan avtomobillarda ayrim texnik muammolar ham uchrashi mumkin. 110km nashri 2013-yilgi Cobalt egasining tajribasi modelning asosiy afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatib berdi.

Dollar yana tushdi: 26-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar yana tushdi: 26-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

26-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 39,55 so‘mga tushib, 11 778,52 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 54,39 so‘mga tushib, 13 733,75 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham tushdi. Rubl kursi 2,73 so‘mga tushib, 138,96 so‘mni tashkil qildi.

Liil Huramov to‘ydan keyingi oilaviy videolarini e’lon qildi

Liil Huramov to‘ydan keyingi oilaviy videolarini e’lon qildi
Foto: Instagram

O‘zbekistonlik bloger, vayner va xonanda Liil Huramov taxallusi bilan tanilgan Ozod turmush o‘rtog‘i Lera bilan yangi oilaviy videosini Instagram sahifasida e’lon qildi. Avvalroq juftlik turmush qurgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozircha ijtimoiy tarmoqlarda katta to‘y marosimiga oid foto yoki videolar tarqalmagan.

Liil Huramov Instagram sahifasida rafiqasi Lera bilan birga tushgan oilaviy videoni obunachilariga namoyish qildi.

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish kunini soat 8:00 dan boshlash taklif qilindi

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish kunini soat 8:00 dan boshlash taklif qilindi
Foto: depositphotos

Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, boshqarmalar hamda ularga qarashli bo‘linmalarda ish vaqtini soat 8:00 dan 17:00 gacha etib belgilashni taklif qilmoqda. Taklif jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi, so‘rovnoma natijalari 28-avgust kuni e’lon qilinadi.

Bunda ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Ya’ni xodimlar faqat ishni bir soat ertaroq boshlaydi va bir soat ertaroq tugatadi.

Shuningdek