Davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi oshirildi: yangi narxlar qancha bo‘ladi

eʼlon qilindi
Toshkentda 24 soatlik bog‘cha 413 ming so‘mdan oshadi
Bog‘chaga imtiyozli navbat olish onlayn shaklga o‘tkazildi
Foto: talimxabarlari.uz

O‘zbekistonda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari oshirildi. Yangi tartibda to‘lovlar avvalgidek qat’iy summada emas, balki bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langan.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-son qarori bilan davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi miqdorlarini hisoblash tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Qaror 25-avgust kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Yangi tizimda to‘lov miqdori bolaning bog‘chada kuniga necha soat bo‘lishi va maktabgacha ta’lim tashkiloti qaysi hududda joylashganiga qarab BHMga nisbatan koeffitsiyent orqali hisoblanadi.

Qarordan ekran tasviri

Hududlar besh toifaga ajratilgan: Toshkent shahri, viloyat markazlari, viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar, tuman markazlari va boshqa hududlar.

Shuningdek, bir oiladan bog‘chaga ikki yoki undan ortiq bola qatnasa, har bir bola uchun alohida pasaytirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Toshkentda 24 soatlik bog‘cha 413 ming so‘mdan oshadi

440 ming so‘mlik BHM hisobida Toshkent shahrida bir bola uchun 4-5 soatlik bog‘cha oyiga 54 472 so‘m, 9 soatlik bog‘cha 290 488 so‘m, 12 soatlik bog‘cha esa 391 952 so‘m bo‘ladi.

24 soatlik davlat bog‘chasida bir bolaning oylik to‘lovi 413 292 so‘mni tashkil etadi.

Tuman markazlarida narxlar pastroq: masalan, 9 soatlik bog‘cha uchun bir bola hisobiga 190 080 so‘m, 12 soatlik bog‘cha uchun 293 700 so‘m to‘lanadi.

Boshqa hududlarda 9 soatlik guruh uchun bir bolaning oylik to‘lovi 133 496 so‘mni tashkil qiladi.

440 ming so‘mlik BHM bo‘yicha yangi bog‘cha to‘lovlari

HududBog‘chada bo‘lish vaqtiOiladan 1 bola qatnasaOiladan 2 va undan ortiq bola qatnasa, har biriga
Toshkent shahri4-5 soat54 472 so‘m36 300 so‘m
Toshkent shahri9 soat290 488 so‘m207 196 so‘m
Toshkent shahri10,5 soat346 016 so‘m246 708 so‘m
Toshkent shahri12 soat391 952 so‘m277 684 so‘m
Toshkent shahri24 soat413 292 so‘m294 756 so‘m
Viloyat markazlari4-5 soat50 292 so‘m35 244 so‘m
Viloyat markazlari9 soat280 852 so‘m198 660 so‘m
Viloyat markazlari10,5 soat336 424 so‘m238 172 so‘m
Viloyat markazlari12 soat371 668 so‘m261 668 so‘m
Viloyat markazlari24 soat393 008 so‘m280 852 so‘m
Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar4–5 soat44 836 so‘m33 088 so‘m
Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar9 soat258 456 so‘m183 700 so‘m
Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar10,5 soat290 488 so‘m207 196 so‘m
Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar12 soat333 212 so‘m237 072 so‘m
Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar24 soat350 284 so‘m247 764 so‘m
Tuman markazlari4–5 soat40 568 so‘m27 764 so‘m
Tuman markazlari9 soat190 080 so‘m143 088 so‘m
Tuman markazlari10,5 soat258 456 so‘m195 448 so‘m
Tuman markazlari12 soat293 700 so‘m220 000 so‘m
Tuman markazlari24 soat311 828 so‘m233 904 so‘m
Boshqa joylar4–5 soat36 300 so‘m25 652 so‘m
Boshqa joylar9 soat133 496 so‘m107 844 so‘m
Boshqa joylar10,5 soat234 960 so‘m187 968 so‘m
Boshqa joylar12 soat276 584 so‘m207 196 so‘m
Boshqa joylar24 soat290 488 so‘m218 944 so‘m

Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal issiq sabab yopilgan bog‘cha xodimlariga ish haqi to‘liq to‘lanishi haqida xabar berilgandi. Ko‘rsatmaga ko‘ra, bola bog‘chaga bormagan kunlar uchun ota-ona to‘lovi undirilmaydi. Agar to‘lov oldindan amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu summa keyingi oy to‘lovidan chegirib qolinadi.

Shuningdek