Namanganda gaz tarmog‘ini ulab berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Namanganda gaz tarmog‘ini ulab berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Departament

Namangan viloyatining Pop tumanida fuqarolarning xonadoniga tabiiy gaz tarmog‘ini tortib kelish va tegishli ruxsatnomalarni olib berishni va’da qilib, $2,1 ming talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

$1,9 ming olayotganda ushlandi

Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, tuman gaz ta’minoti tashkiloti operatori hamda ilgari sudlangan yana bir fuqaro ikki kishining xonadoniga tabiiy gaz tarmog‘ini tortib kelish va buning uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan.

Foto: Departament

Ular bu ishni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishini aytib, buning evaziga jami $2,1 ming talab etgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, shaxslar dastlab $200 ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Keyinchalik qolgan $1,9 mingni olayotgan vaqtda ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tergovga qadar tekshiruv davomida ilgari olingan $200 ham shaxslardan biri tomonidan qaytarilgan va bu holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 2,46 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek