Sindarovning sevgilisi dunyoning eng kuchli shaxmatchisiga qarshi o‘ynaydi

eʼlon qilindi
Musobaqa 10 – 21-noyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida tashkil etiladi
Foto: Cheswood.ru

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asubayeva yangi Total Chess World Championship Tour turnirida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari, jumladan, FIDE reytingi yetakchisi Magnus Karlsen bilan birga ishtirok etadi.

Ilk bor o‘tkaziladigan musobaqa 10 – 21-noyabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida tashkil qilinadi. Unda jami 24 nafar grossmeyster qatnashishi rejalashtirilgan.

Uch xil formatda bahs olib boriladi

Turnir ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida uch yo‘nalishda – blits, rapid va Fast Classic formatlarida kuch sinashadi. Yakuniy g‘olib barcha uch formatda to‘plangan ochkolar yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi.

Shu tariqa shaxmatchilar nafaqat klassik bahslarda, balki vaqt qisqa bo‘lgan tezkor formatlarda ham o‘z mahoratini namoyish etishi kerak bo‘ladi.

Asubayeva dunyoning kuchlilari bilan bahslashadi

Hozircha turnirning 18 nafar ishtirokchisi rasman tasdiqlangan. Ular orasida Bibisara Asubayeva va Magnus Karlsendan tashqari qator taniqli shaxmatchilar bor.

Qolgan olti nafar ishtirokchi nomi yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi. Musobaqaning asosiy jihatlaridan biri – erkak va ayol shaxmatchilar bir xil unvon uchun, gender bo‘yicha alohida ajratilmagan holda kurash olib boradi. Tashkilotchilar Norway Chess va FIDE ushbu turnir orqali uch xil formatda eng yaxshi natija ko‘rsata oladigan «dunyoning eng universal shaxmatchisi»ni aniqlashni maqsad qilgan.

Avvalroq qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva AQShdan jo‘nab ketayotganda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan xayrlashgan suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgandi.

Shuningdek