1-noyabrdan tadbirkorlar elektr va gaz uchun faqat 15 foiz oldindan to‘lov qiladi

eʼlon qilindi
Hisobot topshirish majburiyati bekor qilinadi
220 ming xonadonning gaz ta’minoti yaxshilanadi
Foto: Renew Economy

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha to‘lov tartibi o‘zgaradi. 2026-yil 1-noyabrdan ayrim biznes subyektlari oylik iste’mol uchun elektr va gaz haqining 15 foizini oldindan to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Yangi tartib EHNAT va TGNHATga ulangan, shuningdek, masofadan o‘chirish va yoqish imkoniyatiga ega hisoblagichlari mavjud tadbirkorlarga tatbiq etiladi.

Oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushadi

Hozir amalda tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha oldindan to‘lov miqdori 100 foizni tashkil etadi.

Yangi tartib bilan bu ko‘rsatkich 15 foiz etib belgilanadi. Biroq oxirgi ikki oy davomida to‘lov intizomiga rioya qilmagan tadbirkorlar mazkur imtiyozdan foydalana olmaydi.

Hisobot topshirish majburiyati bekor qilinadi

Shuningdek, tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfi bo‘yicha yozma hisobotlarni hududiy ta’minot korxonalariga topshirish majburiyati bekor qilinadi.

Elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha shartnomalarni qog‘oz shaklida rasmiylashtirish ham to‘xtatiladi. Bundan buyon bunday shartnomalar elektron shaklda tuziladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda 1,7 mlrd dollarlik yangi energetika obyektlari ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek