Dam olish va bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

eʼlon qilindi
Shifoxonalar navbatchilik asosida ishlaydi
O‘rta tibbiyot xodimlari Germaniyada ishga taklif etilmoqda
Foto: LinkedIn

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 29-avgustdan 1-sentabrgacha O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari navbatchilik asosida uzluksiz faoliyat yuritadi. «103» tez tibbiy yordam xizmati ham odatdagi tartibda ishlaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun vazirlikda alohida shtab tashkil etilgan.

Shifoxonalar navbatchilik asosida ishlaydi

29-avgust – 1-sentabr kunlari tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida ham tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida xizmat ko‘rsatadi.

Shoshilinch tibbiy yordam 24 soat ishlaydi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali va qariyb 200 ta aholi punktidagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida navbatchi shifokor va hamshiralar sutka davomida faoliyat yuritadi.

Bayram kunlarida «103» tez tibbiy yordam xizmati ham uzluksiz ishlaydi.

Respublika tez tibbiy yordam markazining 14 ta hududiy filiali, 189 ta stansiya, 40 ta podstansiya va 1492 ta tayanch punktida 2900 dan ortiq tibbiy yordam brigadalari chaqiruvlarga shay holatda bo‘ladi.

Tug‘uruq va bolalar shifoxonalari ham yopilmaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasalari ham bayram kunlarida uzluksiz ishlashini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda tibbiyot chiqindilarini noqonuniy tashlash holatlari aniqlangani haqida xabar berilgandi. Respublika maxsus komissiyasi Toshkentdagi tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, olib chiqish va utilizatsiya qilish jarayonlarini o‘rgandi. Tekshiruvlarda ayrim muassasalar xavfli tibbiy chiqindilarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirib yuborayotgani, shuningdek, ularni poligonlar va buning uchun mo‘ljallanmagan joylarga tashlash holatlari qayd etildi.

Shuningdek