Honor 600S 5G smartfoni taqdim etildi — tafsilotlar

28-avgust 2026 13:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor 600S 5G smartfoni taqdim etildi — tafsilotlar
Foto: Honor

Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor 600S 5G smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

O‘rta narx segmentiga mo‘ljallangan model katta sig‘imli batareya, 120 Hz chastotali ekran, sun’iy intellekt funksiyalari va yuqori darajadagi himoya xususiyatlariga ega.

Smartfon dastlab Gonkong va Tayvan bozorlarida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Gonkongda uning boshlang‘ich narxi 1 999 Gonkong dollari, ya’ni taxminan $255 etib belgilangan.

Honor 600S 5G 120 Hz ekran oldi

Honor 600S 5G 6,87 dyuymli TFT LCD displey bilan jihozlangan. Ekran 1592×720 piksel aniqlik, 120 Gts yangilanish chastotasi va 1 020 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Displeyda DC dimming, dinamik yorqinlik boshqaruvi, ko‘k nurni kamaytirish va qorong‘i rejim funksiyalari mavjud.

Foto: Honor

Snapdragon 4 Gen 4 protsessori o‘rnatildi

Qurilma Snapdragon 4 Gen 4 protsessori asosida ishlaydi. Asosiy konfiguratsiyalardan birida 8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira taklif etiladi.

Honor’ning RAM Turbo texnologiyasi virtual xotira hisobiga 16 GB gacha tezkor xotira imkoniyatini taqdim etishi aytilmoqda. Smartfon Android 16 asosidagi MagicOS 10 operatsion tizimi bilan ishlaydi.

Batareya sig‘imi 8 100 mA/soat

Honor 600S 5G’ning asosiy jihatlaridan biri 8 100 mA/soat sig‘imli akkumulyator hisoblanadi. U 45 Vt quvvatli simli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor laboratoriya sinovlariga ko‘ra, batareya besh yil foydalanilgandan keyin ham dastlabki sig‘imining 80 foizdan ortig‘ini saqlab qolishi mumkinligini bildirgan.

Foto: Honor

Asosiy kamera 50 MP

Smartfonning orqa qismida f/1.8 diafragmali 50 MP asosiy kamera joylashtirilgan.

Old tomonda esa 5 MP selfi kamerasi mavjud. Har ikki kamera 1080p aniqlikda video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Alohida AI tugmasi mavjud

Honor 600S 5G’da sun’iy intellekt funksiyalarini tez ishga tushirish uchun maxsus AI Key tugmasi o‘rnatilgan.

U orqali AI Memory, Circle to Search, suratdagi obyektlarni o‘chirish va AI yordamida matnlarni qisqartirish kabi imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

AI Image-to-Video 2.0 funksiyasi esa matnli buyruqlar yordamida qisqa videolar yaratish va ularni tahrirlash imkonini beradi.

IP69K himoya darajasiga ega

Qurilma IP68, IP69 va IP69K himoya standartlariga javob beradi. Ishlab chiqaruvchi smartfon 2,5 metr balandlikdan tushishga chidamlilik sertifikatiga ham ega ekanini bildirgan.

Modelning o‘lchamlari 168,3×78,54×8,30 mm, vazni esa 216,5 grammni tashkil qiladi.

Shuningdek, smartfonda NFC, yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri va stereo dinamiklar mavjud. Honor ma’lumotiga ko‘ra, dinamiklarda ovoz balandligini 400 foizgacha oshirishga mo‘ljallangan maxsus rejim ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor Magic 9 ikkita 200 MP kamera bilan chiqishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek