O‘zbekistonlik futbolchi 35 ming dollar mukofot oladi

eʼlon qilindi
Ozarbayjonning «Sabah» klubi futbolchilari UEFA Chempionlar ligasining liga bosqichiga yo‘llanma olgani uchun katta miqdorda mukofot oladi

Ozarbayjonning «Sabah» klubi futbolchilari UEFA Chempionlar ligasining Elit liga bosqichiga yo‘llanma olgani uchun katta miqdorda mukofot oladi. Har bir asosiy tarkib futbolchisiga 60 ming ozarbayjon manati (qariyb $35,3 ming) beriladi. Bu haqda Sport24.az xabar berdi. 

Nashrning ma’lum qilishicha, jamoaning tarixiy natijasiga hissa qo‘shgan har bir futbolchi, jumladan, klubning o‘zbekistonlik futbolchisi Umarali Rahmonaliyev ham 60 ming manat bonus oladi. Zaxirada qolgan futbolchilar esa asosiy mukofotning 50 foizini – 30 ming manat (qariyb $17,6 ming) oladi.

«Sabah» tarixiy natijaga erishdi

«Sabah» Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Isroilning «Hapoel» (Beer-Sheva) klubiga qarshi maydonga tushdi. Birinchi uchrashuvda Ozarbayjon jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Javob bahsida esa «Sabah» asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlarda raqibini 5:2 hisobida mag‘lub etib, umumiy hisobda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoa shu tariqa o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasining Elit liga bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq 2026/2027-yilgi UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichida o‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek