Apple 6 ta yirik bozorda smartfon savdosida yetakchi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Counterpoint 6 mingdan ortiq modelni kuzatadi
iPhone 17
Rasm: Kursiv Uzbekistan

Counterpoint Research’ning 2026-yil II chorak ma’lumotlariga ko‘ra, Apple modellari AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyada smartfon savdosida yetakchilik qildi. Hindistonda Oppo A6X 5G, Janubiy Koreyada esa Samsung Galaxy S26 Ultra 5G birinchi o‘rinni egalladi.

Counterpoint Research sakkizta yirik bozorda eng ko‘p sotilgan beshta smartfon modelining ulushini e’lon qildi. Hisobot savdo kanallari orqali yakuniy xaridorlarga sotilgan qurilmalar hajmiga asoslangan.

AQSh va Yevropada iPhone yetakchilik qildi

AQShda eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

AQShda iPhone 17 5G bozorning 14 foizini egallab, eng ko‘p sotilgan model bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda iPhone 17 Pro Max 5G – 13%, uchinchi o‘rinda iPhone 17 Pro 5G – 10% qayd etilgan.

Germaniyada ham iPhone 17 5G 13% ulush bilan yetakchi bo‘ldi. iPhone 17 Pro Max 5G 11%, iPhone 17 Pro 5G esa 9% ulushni egalladi.

Germaniyada eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

Buyuk Britaniyada Apple’ning ustunligi yanada yuqori bo‘lgan. iPhone 17 5G sotuvlarning 28 foizini tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda iPhone 17 Pro 5G – 12% va Samsung Galaxy S25 5G – 10% bilan joylashgan.

Buyuk Britaniyada eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

Fransiyada iPhone 17 5G 12% ulush bilan birinchi, iPhone 17 Pro Max 5G 11% bilan ikkinchi, iPhone 17 Pro 5G esa 8% bilan uchinchi bo‘ldi.

Fransiyada eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

Yaponiyada iPhone 17 ulushi 26 foizga yetdi

Yaponiyada iPhone 17 5G bozorning 26 foizini egallagan. iPhone 17E 5G 20% bilan ikkinchi o‘rinda.

Yaponiyada eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

Keyingi o‘rinlarda Google Pixel 10a 5G – 7%, iPhone 16 5G – 5% va Samsung Galaxy A25 Japan 5G – 4% qayd etilgan.

Xitoyda ham Apple modeli birinchi o‘rinda

Xitoy bozorida iPhone 17 Pro Max 5G 6% ulush bilan eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi.

Xitoyda eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

iPhone 17 5G 5% bilan ikkinchi, Huawei Enjoy 90 Pro Max 5G va iPhone 17 Pro 5G esa 4 foizdan ulush bilan keyingi o‘rinlarni egalladi. Huawei Mate 80 5G ulushi 2 foizni tashkil qildi.

Hindistonda Oppo, Koreyada Samsung yetakchi

Hindistonda Oppo A6X 5G 4% ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi. iPhone 17 5G hamda iPhone 16 5G 3 foizdan ulush qayd etdi.

Hindistonda eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

Janubiy Koreyada esa mahalliy Samsung aniq ustunlik qilgan. Galaxy S26 Ultra 5G bozorning 28 foizini, Galaxy S26 5G esa 19 foizini egallagan.

Janubiy Koreyada eng ko‘p sotilgan 5 ta smartfon / Grafik: Counterpoint Research

Bu bozorda iPhone 17 5G 10% ulush bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Counterpoint 6 mingdan ortiq modelni kuzatadi

Ma’lumotlar Counterpoint Research’ning Global Handset Model Sales Tracker hisobotidan olingan. Tadqiqot 50 dan ortiq mamlakatdagi savdo ma’lumotlarini qamrab oladi.

Hisobotda 450 dan ortiq brendlar va 6 mingdan ziyod telefonlar modeli kuzatiladi hamda global mobil telefon bozorining qariyb 99 foizi qamrab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17 Pro Rhinoshield AirX g‘ilofida 30 607 metr balandlikdan yerga tashlanib, sinovdan keyin ham to‘liq ishlashda davom etgani ma’lum qilingandi. Tajriba Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Shuningdek