O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi $698,7 millionni tashkil qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekistonda Hindiston kapitali ishtirokidagi 439 ta korxona faoliyat yuritmoqda
Foto: UZA.uz

2026-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi sezilarli darajada o‘sib, $698,7 mln ga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Investitsiyalar va korxonalar

Hindistondan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya va kreditlar yanvar – iyun oylarida $225,9 mln ni tashkil etdi. O‘zbekistonda Hindiston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra 439 taga yetgan.

Turizm va sayohatlar

2026-yilning yetti oyi davomida Hindistondan O‘zbekistonga 32 462 nafar sayyoh kelgan bo‘lsa, O‘zbekistondan Hindistonga sayohat qilganlar soni 12 003 nafarni tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport $91,3 mln ni, import esa $607,4 mln ni tashkil etdi.

Ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlik

Hindistondan O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelganlar soni 3 853 nafarga yetdi, ayni paytda O‘zbekistondan Hindistonga o‘qish uchun boruvchilar soni nisbatan kam bo‘lib, 44 nafarni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekistonda xorijlik talabalar soni 24 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek