O‘zbekistonda issiqlik rekordlari, Buxoroda zilzila sodir bo‘ldi — 31-avgustdagi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 31-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi
unn.ua

Kursiv Uzbekistan 31-avgust kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.

Zangiota tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Pexels.com

31-avgust kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan omborxonalarning birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Zangiota tumani, «Al-Xorazmiy» MFY hududidagi omborda yuzaga kelgan yong‘in bo‘yicha xabar soat 13:44 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olov soat 14:22 da qurshab olinib, 15:10 da to‘liq o‘chirilgan.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilmoqda

Foto: Prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston va Hindiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston va Hindiston munosabatlari rasman keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi. Tomonlar erishilgan barcha kelishuvlar ijrosini tizimli nazorat qilish maqsadida tashqi ishlar vazirlari darajasida ishlaydigan alohida mexanizm tashkil etishni rejalashtirgan.

Buxoro viloyatida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila, Toshkent
Foto: vchalup2 / www.depositphotos.com

2026-yil 31-avgust kuni soat 14:58 da O‘zbekistonning Buxoro viloyati, Gazli shahrida 3,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.

Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishining kuchi markazga eng yaqin bo‘lgan Gazli shahrida 3 ballni (episentrgacha 18 kilometr) tashkil etgan. Shuningdek, yer qimirlashi Peshku tumanida (35 kilometr) va Jondor tumanida (47 kilometr) 2 ball darajasida sezilgan.

Toshkent metrosida poyezdlar qatnovi oralig‘i qisqartiriladi

Foto: Ekran rasmi

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida darslar soat 08:00 dan boshlanishi sababli, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda jamoat transportida yo‘lovchilar oqimini samarali boshqarish maqsadida qator o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

Kunning tig‘iz vaqtlarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun barcha yo‘nalishlarda poyezdlar harakati intervallari kamaytiriladi. Xususan, Chilonzor yo‘nalishida oraliq vaqt 1,5-2 daqiqagacha, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3 daqiqagacha qisqartiriladi. Shuningdek, Yunusobod yo‘nalishida poyezdlar 4 daqiqagacha, Yer usti halqa yo‘lida esa 7-8 daqiqagacha interval bilan harakatlanadi.

O‘zbekistonning to‘rtta hududida mutlaq harorat rekordlari qayd etildi

Jaziramada nega elektr ta’minotidagi muammolar ko‘paydi
Foto: Kursiv Uzbekistan

30-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havoning maksimal harorati bo‘yicha avvalgi yillarda qayd etilgan ko‘rsatkichlar takrorlandi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi. Samarqand shahrida maksimal havo harorati 38,0 darajani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ushbu sanada 1937-yilda qayd etilgan haroratni takrorladi.

Turkiya Superligasi: Shomurodov gol urdi, Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi

Foto: ibfk.com.tr

Turkiya Superligasining 3-turidan o‘rin olgan «Istanbul Bashakshehir» hamda «Qosimposho» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Istanbuldagi «Fotih Terim» stadionida kechgan bahsning 18-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi. O‘yinning 81-daqiqasida mehmonlar a’zosi Fusseni Diabate hisobni tenglashtirdi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarovning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti tadbirlarida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek