Mirziyoyev Putin bilan nima haqida gaplashdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Uchrashuvda joriy yil boshidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshgani qayd etildi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekka amaliy tashrifi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik, savdo-iqtisodiy hamkorlik va qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda joriy yil boshidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshgani qayd etildi.

Yirik qo‘shma loyihalar davom etmoqda

Muzokaralarda sanoat, energetika, metallurgiya, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Tomonlar o‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini saqlab qolish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish muhimligini qayd etdi.

Hududlararo va madaniy aloqalar ham muhokamada

Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni faol davom ettirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama formatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak tadbirlar jadvalini ham muhokama qildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti tadbirlarida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketgandi.

Shuningdek