Poco F9 Ultra va F9 Pro sotuvga chiqdi — narx

2-sentabr 2026 17:03 eʼlon qilindi

(3-sentabr 2026 00:33 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Poco F9 Ultra va F9 Pro sotuvga chiqdi — narx
Foto: AliExpress/Poco

Rossiyada Poco F9 Ultra va Poco F9 Pro flagman smartfonlari sotuvga chiqarildi. Har ikki model Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 200 MP asosiy kamera, 185 Gts gacha yangilanish tezligiga ega AMOLED ekran va IP68 himoyasini taklif qiladi.

Smartfonlar AliExpress orqali sotila boshlagan. Ular HyperOS 3 tizimida ishlaydi, Wi-Fi 7’ni qo‘llab-quvvatlaydi va Sound by Bose stereo karnaylariga ega.

Poco F9 Ultra 8050 mA/soat batareya bilan keladi

Poco F9 Ultra 6,9 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Displeyning maksimal yorqinligi 4500 nitgacha yetadi, HDR10+ va Dolby Vision qo‘llab-quvvatlanadi.

Smartfonda 8050 mA/soat sig‘imli batareya bor. U 100 Vt simli va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Asosiy kamera 200 MP sensor va optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Bundan tashqari, 50 MP periskop telekamera 5 karra optik zumni taklif qiladi. Ultra keng burchakli kamera ham mavjud.

Operativ xotira hajmi 16 GBgacha, ichki xotira esa 1 TB gacha yetadi.

Poco F9 Pro ixchamroq va yengilroq

Poco F9 Pro 6,59 dyuymli AMOLED ekranga ega va 206 gramm vaznga ega. Unda 6330 mA/soat batareya o‘rnatilgan. Quvvatlash imkoniyatlari Ultra versiyadagi kabi – 100 Vt simli va 50 Vt simsiz.

Telekamera 2,5 karra optik zum bilan ishlaydi. Ichki xotira hajmi 512 GBgacha bo‘ladi.

Chegirmalarni hisobga olganda, Poco F9 Ultra narxi 56 ming rubldan ($643,8), Poco F9 Pro esa 49 ming rubl ($563,4)dan boshlanadi. Har ikki model suv va changdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Find X10 Pro Max uchta 200 MP kamera bilan chiqishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon uchta 200 MP kameraga, yangi Samsung ISOCELL HPC sensoriga va juda ingichka ramkali ekranga ega bo‘lishi mumkin.

Shuningdek