Qarshidagi «zapravka»da sifatsiz Ai-92 benzini aniqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qoidabuzarlik uchun 14,5 mln so‘m jarima belgilandi
Qarshidagi «zapravka»da sifatsiz Ai-92 benzini aniqlandi
Foto: O‘zenergoinspeksiya

«O‘zenergoinspeksiya» Qarshi shahridagi «zapravka» (AYQSh)lardan birida Ai-92 markali benzin davlat standarti talablariga javob bermasligini aniqladi.

Nazorat tadbiri davomida «N.A.S.» MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasidagi Ai-92 benzini laboratoriyada tekshirildi.

Tahlil natijasida mahsulot sifatsiz ekani va belgilangan davlat standartlariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

14,5 mln so‘m jarima qo‘llanildi

Aniqlangan qoidabuzarlik sabab realizatsiya qilingan neft mahsulotining 50 foizi miqdorida, ya’ni 14,5 mln so‘m jarima belgilandi.

AYQShda qolgan neft mahsulotini belgilangan sifat talablariga mos holatga keltirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ozarbayjon bilan benzin va aviayonilg‘i ishlab chiqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bu haqda energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shuningdek