Rossiyaning Germaniyadagi so‘nggi konsulxonasi ham yopildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Konsulxona 1-sentabrdan boshlab o‘z miyyasini yakunladi
Foto: dzeninfra.ru

Rossiyaning Germaniyaning Bonn shahridagi bosh konsulxonasi 1-sentabrdan o‘z faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatdi. Avvalroq Germaniya hukumati diplomatik vakolatxonani 18-sentabrgacha yopish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Bonn shahridagi Rossiya bosh konsulxonasi rasmiy bayonotida barcha konsullik masalalari bo‘yicha fuqarolarni qabul qilish bekor qilingani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, tayyor bo‘lgan pasportlarni topshirish 11-sentabrgacha davom ettiriladi. Belgilangan muddatda olib ketilmagan hujjatlar Rossiyaning Berlindagi elchixonasiga yuboriladi.

Germaniya Rossiya diplomatlarining mamlakatni tark etishini talab qildi

Rossiyaning Berlindagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 1-sentabr kuni mamlakatning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Germaniya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Germaniya tomoni Rossiyaning Leypsig/Galle aeroportiga 4-avgust kuni uyushtirilgan dron hujumiga aloqadorligi yuzasidan Moskvaga norozilik bildirgan.

Shundan so‘ng Bonn bosh konsulxonasi va Berlindagi Rossiya uyi xodimlari hamda ularning oila a’zolariga imkon qadar tezroq Germaniya hududini tark etish ko‘rsatmasi berilgan.

Rossiya tomoni esa ilgari surilgan ayblovlarni rad etgan.

Germaniyada faqat Berlindagi elchixona qoldi

Bonn shahridagi diplomatik vakolatxona Rossiyaning Germaniya hududidagi so‘nggi bosh konsulxonasi edi.

Uning yopilishi ortidan Germaniyada yashayotgan Rossiya fuqarolari konsullik xizmatlari uchun endilikda faqat Rossiyaning Berlindagi elchixonasiga murojaat qilishi mumkin.

Avvalroq Germaniyaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasiga Mattias Follert rahbar etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek