Avgustda eskrou orqali 33,4 mingta oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Transport vositalari bo‘yicha bitimlar ko‘proq bo‘ldi
Avgustda eskrou orqali 33,4 mingta oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi
Foto: iStock

O‘zbekistonda 2026-yil avgust oyida ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisini eskrou hisobvaraqlari orqali rasmiylashtirish bo‘yicha jami 33 392 ta bitim qayd etildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bitimlarning yarmidan ko‘prog‘i transport vositalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, yana 4 346 ta bitim rasmiylashtirish jarayonida bo‘lgan.

Transport vositalari bo‘yicha bitimlar ko‘proq bo‘ldi

Manba: Markaziy bank

Avgust oyida eskrou hisobvaraqlari orqali 17 807 ta transport vositasi oldi-sotdisi rasmiylashtirildi. Bu jami bitimlarning 53,3 foiziga teng.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha esa 15 585 ta bitim qayd etilib, ularning umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi 46,7 foizni tashkil etdi.

Shu tariqa avgust oyida eskrou orqali rasmiylashtirilgan transport vositalari oldi-sotdisi ko‘chmas mulk bitimlaridan 2 222 taga ko‘p bo‘lgan.

Eng ko‘p bitim Toshkent shahrida qayd etildi

Hududlar kesimida eng yuqori faollik Toshkent shahrida kuzatildi. Poytaxtda bir oy davomida 10 487 ta bitim rasmiylashtirilgan.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 3 245 ta, Samarqand viloyati 2 941 ta va Andijon viloyati 2 395 ta bitim bilan qayd etilgan.

Toshkent shahrining o‘zi avgust oyida respublika bo‘yicha eskrou orqali rasmiylashtirilgan jami bitimlarning 31,4 foizini tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iyun oyida eskrou hisobvaraqlari orqali 34 mingdan ortiq bitimlar rasmiylashtirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek