Dollar yana pasaydi: 4-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
3-sentabr kuni pasayish tendensiyasini ko‘rsatib, 7,39 so‘mga tushib, 11 813,09 so‘m bo‘lgan edi
Dollar yana pasaydi: 4-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

4-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 18,09 so‘mga tushib, 11 795 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

26-avgust kuni 39,55 so‘mga tushib, 11 778,52 so‘mni, 27-avgust kuni 45,17 so‘mga oshib, 11 823,69 so‘mni, 28-avgust kuni esa 22,46 so‘mga tushib, 11 801,23 so‘mni tashkil qildi. 2-sentabr kuni 19,25 so‘mga oshib, 11 820,48 so‘mga yetdi. 3-sentabr kuni pasayish tendensiyasini ko‘rsatib, 7,39 so‘mga tushib, 11 813,09 so‘m bo‘ldi.

Yevro kursida o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 21,51 so‘mga oshib, 13 698,71 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 0,19 so‘mga oshib, 135,80 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 3-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek