Eronliklar bizdan so‘ramay hojatxonaga ham bora olmaydi — Tramp

eʼlon qilindi
Amerika prezidenti AQSh Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilayotganini ta’kidladi
Foto: Wiht House

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hududidagi vaziyatni Vashington to‘liq nazorat qilayotganini ma’lum qildi. U Eron harbiy infratuzilmasi va mamlakatdagi noroziliklar haqida ham keskin bayonotlar berdi. 

«Biz ular nima qilayotganining barchasini ko‘ryapmiz. Ular biz ko‘rmasdan turib hatto hojatxonaga ham bora olmaydi», – dedi Tramp.

Tramp AQSh Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilayotganini aytdi

Amerika prezidenti AQSh Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qilayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning radar tizimlarini qayta tiklash va raketa salohiyatini tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Tramp, shuningdek, Erondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni o‘n minglab kishiga yetgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Qurbonlar soni 65 mingga yetishi mumkin

Trampning ta’kidlashicha, uch oy avval Erondagi norozilik namoyishlarida 52 ming kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Hozir esa yana 20 – 25 ming kishining halok bo‘lgani haqida ma’lumot olayotganini bildirgan.

«Shunday qilib, qurbonlar soni 65 mingga yaqinlashishi mumkin», – dedi AQSh prezidenti.

Biroq Tramp keltirgan raqamlarning mustaqil tasdig‘i haqida ma’lumot berilmagan.

Tramp Eron rejimi zaiflashayotganini aytdi

AQSh prezidenti Eron hukumati namoyishlarni kuch bilan bostirish imkoniyatini tez orada yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

«Rejim tobora zaiflashmoqda. Bir payt kelib, uning odamlarga qarata o‘q uzishi avvalgidek oson bo‘lmaydi. Eron xalqi bunga boshqa toqat qilmaydi», – dedi Tramp.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Eronni Hormuz bo‘g‘ozida mamlakatga tegishli neft tankeriga hujum qilganlikda ayblagandi. Hodisa oqibatida Filippin fuqarosi bo‘lgan ikki nafar dengizchi halok bo‘lgan.

Shuningdek