O‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun Moskvaga borishi lozim

eʼlon qilindi
15-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga vizasiz kirish tartibi bekor qilinadi
Foto: tilda.com

2026-yil 15-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga vizasiz kirish tartibi bekor qilinadi. Yangi tartibga ko‘ra, mamlakatga borishni istagan fuqarolar oldindan viza rasmiylashtirishi va uning to‘lovini amalga oshirish uchun Rossiyaga, Moskvaga borishi kerak bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Bankok shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Viza uchun Moskvaga borish talab etiladi

O‘zbekiston fuqarolari Tailandga safar qilishdan oldin Tailand Qirolligining rasmiy elektron viza portali orqali ariza topshirishi kerak.

Biroq elektron viza anketasini to‘ldirishning o‘zi yetarli emas. Viza uchun to‘lovni amalga oshirish uchun fuqaro Tailand Qirolligining Moskvadagi elchixonasiga shaxsan tashrif buyurishi lozim.

Vizasiz tartib 15-sentabrdan bekor qilinadi

Tailand Qirolligi hukumati qaroriga muvofiq, 15-sentabrdan O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish imkoniyati bekor qilinadi.

Shu sababli ushbu sanadan keyin Tailandga borishni rejalashtirayotgan fuqarolar safardan avval viza olish jarayonidan o‘tishi kerak.

Elektron viza uchun ariza Tailandning rasmiy Thai e-Visa portalida topshiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda xalqaro tan olingan vizalarga ega ayrim xorijiy fuqarolar mamlakatga 30 kungacha vizasiz kira olishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek