
BMW starter relesidagi nosozlik sabab 189 130 ta avtomobilini qaytarib olish kampaniyasini boshladi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan RBC ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qaytarib olinadigan avtomobillar 2014 – 2020-yillarda ishlab chiqarilgan BMW 3 Series, 5 Series va 7 Series modellarini qamrab oladi.
Muammo starter relesi bilan bog‘liq
Aniqlangan nosozlik starter relesining namlikdan yetarli darajada himoyalanmagani bilan bog‘liq.
Uzoq vaqt davomida suv yoki namlik ta’sir qilganda detal ichidagi kontaktlar oksidlanishi mumkin. Bu esa qisqa tutashuvga olib kelib, yong‘in xavfini oshiradi.
Qaysi avtomobillar qaytarib olinadi
Qaytarib olish kampaniyasi 2014-yil 29-iyuldan 2020-yil 12-noyabrgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarga taalluqli.
Kompaniya zarur hollarda suv tomchilari kirib borishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish uchun starterni almashtiradi.
BMW avval ham qaytarib olish kampaniyasi o‘tkazgan
Avvalroq BMW ayrim X3 krossoverlarini rul boshqaruvi tizimidagi nosozlik sabab qaytarib olishga qaror qilgan edi.
Yangi kampaniya esa starter relesidagi muammo bilan bog‘liq bo‘lib, kompaniya yong‘in xavfini oldini olish uchun nosoz qismlarni tekshirish va almashtirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» BMW X5 haqida yozgan edi.