iPhone 18 Pro qanday ranglarda chiqishi ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yangi model Apple iPhone 17 Pro’dagi barcha rang variantlarini yangilaydi
Foto: myseldon.com

Apple’ning yangi iPhone 18 Pro smartfoni taqdimotiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda qurilmaning qanday ranglarda sotuvga chiqarilishi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

9to5Mac xabariga ko‘ra, Weibo’dagi Fixed Focus Digital taxallusi bilan tanilgan insayder iPhone 18 Pro uchun uchta yangi rang variantini ma’lum qilgan. 

iPhone 18 Pro uch xil yangi rangda chiqishi mumkin

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, Apple yangi flagmanni quyidagi ranglarda taqdim etishi kutilmoqda:

to‘q olcha yoki bordo;

osmonrang;

qora.

Avvalgi ma’lumotlarda iPhone 18 Pro kumush rangda ham chiqarilishi aytilgandi. Biroq Fixed Focus Digital kumush rangli versiya paydo bo‘lishiga oid hech qanday dalil ko‘rmaganini bildirgan.

Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, Apple iPhone 17 Pro’dagi barcha rang variantlarini yangilaydi.

Qora rang qaytishi mumkin

Ayniqsa, qora rangning qaytishi Apple muxlislari uchun muhim yangilik bo‘lishi mumkin. Chunki iPhone 17 Pro’da qora yoki jigar ranglari mavjud emasligi ayrim foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Foto: stores.ru

Osmonrang esa Apple uchun mutlaqo yangi rang emas. Kompaniya avvalroq ushbu rangdan iPhone Air va MacBook Air modellarida foydalangan. Biroq osmonrang versiya yorug‘likka qarab kumush rangga yaqin ko‘rinishi bilan ajralib turadi.

Shu sababli Apple kumush rangni butunlay olib tashlagan taqdirda ham osmonrang versiyasi klassik ranglarni yoqtiradigan xaridorlar uchun muqobil variant bo‘lishi mumkin.

Taqdimot yaqin kunlarda o‘tkaziladi

Apple iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarini yaqin haftada bo‘lib o‘tadigan sentyabr taqdimotida namoyish qilishi kutilmoqda.

Yangi flagmanlar bilan birga kompaniya ilk iPhone Ultra modelini ham taqdim etishi mumkin.

Biroq ranglar haqidagi ma’lumotlar hozircha Apple tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Shu bois yakuniy dizayn va rang variantlari taqdimot kunida ma’lum bo‘ladi.

Avvalroq Apple 9-sentabr kuni taqdim etishi kutilayotgan iPhone Ultra modelida Face ID tizimidan voz kechishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek