Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga qanday maktub yo‘lladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston va Italiya hamkorligi rivojlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga qanday maktub yo‘lladi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Vazirlar Kengashi raisi Jorja Melonini ushbu lavozimda eng uzoq faoliyat yuritgan hukumat rahbari sifatida tarixga kirgani bilan tabrikladi. Prezident maktubida Jorja Melonining bu natijasi uning siyosiy irodasi, qat’iyati va davlat boshqaruvidagi mas’uliyatiga Italiya xalqi bildirgan ishonchning tasdig‘i ekanini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev hozirgi murakkab xalqaro sharoitda Italiyaning milliy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, Jorja Melonining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratayotgan e’tibori uchun minnatdorlik bildirildi.

O‘zbekiston va Italiya hamkorligi rivojlanmoqda

Maktubda O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi.

Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar kengayib borayotgani qayd etildi.

Prezident bu jarayon ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqayotganini bildirdi.

Maktub yakunida Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Italiya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va bardavom taraqqiyot tilaklari bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQSh senatori bilan nimalarni muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek