Dam olish kunlari qaysi banklarda qulay valyuta ayirboshlash mumkin

5 – 6-sentabr kunlari aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar odatdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Quyidagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatadi:
- Agrobank
- ASIA ALLIANCE BANK
- APEX BANK
- Biznesni rivojlantirish banki
- Ipoteka-bank
- O‘zmilliybank
- Orient Finans bank
- Tenge Bank
- Trastbank
- Hamkorbank
- ANOR BANK
- Garant bank
- HAYOT BANK
- O‘zsanoatqurilishbank
- Asakabank
- InFinBank
- Saderat bank
- Universal bank
- Xalq bank
- Ipak Yuli bank
- Mikrokreditbank
- POYTAXT BANK
- Kapitalbank
Shuningdek, fuqarolar valyutani sutkaning istalgan vaqtida bank binosiga bormasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari yoki 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali ayirboshlashi mumkin.
Bundan tashqari, dam olish kunlari ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida ayrim tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 7-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgandi.