Javohir Sindarov Hindistonda o‘ziga xos tarzda kutib olindi — video

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonning Bengaluru shahrida an’anaviy tarzda kutib olindi. Shaxmatchi Tech Mahindra Global Chess League 2026 turnirida qatnashish uchun Hindistonga yetib borgandi.
Chess with Lokesh Instagram sahifasida Sindarovning mehmonxonaga kelgan payti aks etgan video e’lon qilindi.
Sindarovga tilak qo‘yildi
Videoda mehmonxona xodimasi an’anaviy sari libosida Sindarovni kutib olgani ko‘rinadi.
U shaxmatchiga sham, gullar va shirinliklar qo‘yilgan patnisni tutadi. Shundan so‘ng Sindarovning peshonasiga qizil tilak belgisi qo‘yiladi.
Bu belgi Hindiston an’analarida hurmat va ezgu tilak ramzi sifatida qo‘llanadi.
Sindarov FYERS American Gambits jamoasiga yetakchilik qiladi
Javohir Sindarov Bengaluru shahriga Tech Mahindra Global Chess League turnirining to‘rtinchi mavsumida qatnashish uchun kelgan.
U FYERS American Gambits jamoasi yetakchisi sifatida ishtirok etadi.
Asaubayeva bilan bir jamoada o‘ynaydi
Sindarov ushbu turnirda qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva bilan bir jamoada to‘p suradi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi $1 mlnni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindarov Gukeshga qarshi bahsga qanday tayyorlanayotgani ma’lum qlingandi.