Shavkat Mirziyoyev 7 – 8-sentabr kunlari Serbiyada bo‘ladi

eʼlon qilindi
Savdo va investitsiya masalalari ko‘rib chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev 7–8-sentabr kunlari Serbiyada bo‘ladi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7 – 8-sentabr kunlari ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Tashrif doirasida Belgradda oliy darajadagi muzokaralar va O‘zbekiston – Serbiya biznes forumi o‘tkaziladi.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Savdo va investitsiya masalalari ko‘rib chiqiladi

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

Shuningdek, transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Mehnat migratsiyasi ham kun tartibida

Tashrif davomida tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, hududlararo aloqalar hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

Sammit yakunida ikki davlat o‘rtasida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek