Chorvoqda bir oilaning uch nafar a’zosi cho‘kib ketdi

eʼlon qilindi
Hozirda ularni qidirish ishlari davom etmoqda

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida uch nafar fuqaro – ota va uning ikki o‘g‘li suvga tushib, cho‘kib ketgan. Hozirda ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

Fuqarolar katyerda sayr qilgan

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2026-yil 2-sentabr kuni Bo‘stonliq tumani «Burchmulla» MFY hududidagi Chorvoq suv omborida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar fuqaro katyerda sayr qilish uchun suv omboriga chiqqan. Ular suvga tushish taqiqlangan hududga borib, qutqaruv nimchalarisiz suvga tushgan va cho‘kib ketgan.

Qidiruv ishlariga qutqaruvchilar jalb qilingan

Xabar kelib tushishi bilan FVVning g‘avvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borgan. Hozirda 2 – 2,5 kilometr radiusdagi hududda suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Qidiruv ishlariga zarur kuch va vositalarning barchasi jalb etilgan.

Suv omborining chuqurligi ishlarni qiyinlashtirmoqda

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv hududining kengligi hamda suv omborining chuqurligi ishlarni murakkablashtirmoqda.

Qidiruv-qutqaruv ishlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi Milliy bog‘da 4 yoshli qiz cho‘kib ketgani haqida yozgandi.

Shuningdek