Dollar oshdi: 8-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

8-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 4,03 so‘mga oshib, 11 789,33 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
28-avgust kuni dollar 22,46 so‘mga tushib, 11 801,23 so‘mni tashkil etdi. 2-sentabr kuni esa 19,25 so‘mga oshib, 11 820,48 so‘mga yetdi. 3-sentabrdan pasayish tendensiyasi davom etib, dollar 7,39 so‘mga tushib, 11 813,09 so‘m, 4-sentabrda 18,09 so‘mga tushib, 11 795 so‘mni va 7-sentabrda yana 9,70 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursida oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 7,04 so‘mga oshib, 13 702,74 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 0,35 so‘mga oshib, 136,48 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursi hafta davomida sezilarli pasaygani haqida ma’lum qilgandi.