Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
7 – 11-sentabr kunlari
26-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 7 – 11-sentabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat asosan 32–37 daraja, kechalari esa 15–20 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va shamol kuchayishi mumkin.

Ayrim viloyatlarda yomg‘ir kutilmoqda

Hafta davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

10 – 11-sentabr kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir kutilmoqda.

7 va 11-sentabr kunlari tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Shimoli-g‘arbda havo salqinlashadi

Respublikaning katta qismida kunduzgi harorat 32–37 daraja atrofida bo‘ladi.

Shimoli-g‘arbiy hududlarda esa harorat 30–33 darajadan 25–28 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Kechasi harorat, asosan, 15–20 daraja bo‘ladi.

Shamol kuchayishi mumkin

Shamol tezligi asosan sekundiga 7 – 12 metrni tashkil etadi.

8 – 10-sentabr kunlari shimoliy va cho‘l hududlarda, 11-sentabr kuni esa respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 13 – 18 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar ham kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Toshkentda havo biroz bulutli va vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kechasi harorat 17–20 daraja, kunduz kuni esa 32–34 darajadan 35–37 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sentabrda O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilishi haqida xabar berilgandi. «O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, sentabr oyida mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. O‘rtacha havo harorati esa iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek