Po‘lat Bobojonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

eʼlon qilindi
Prezident Administratsiyasidagi ayrim vazifalar boshqa tuzilmalarga o‘tkazildi
Po‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Foto: IIV

Prezident farmoni bilan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, Prezident administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish doirasida kadrlar bo‘yicha maslahatchi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi. Farmonga ko‘ra, Prezident administratsiyasidagi ayrim vazifalar boshqa tuzilmalarga o‘tkazildi.

Komplayens xizmatiga yangi vazifalar berildi

Davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish ham ushbu xizmat vazifalariga kiritildi.

Mahalla masalalari boshqa bo‘linmaga o‘tkazildi

Mahalla instituti faoliyati samaradorligini oshirish vazifasi prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident farmoni bilan G‘ofurjon Mirzayev G‘aniyevich O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib tayinlangani ma’lum qilingandi. U shu lavozimda 2024-yildan buyon ishlab kelgan Qahramon Quronboyevning o‘rnini egalladi.

Shuningdek