Javohir Sindarov va Bibisara Asaubayeva yana e’tibor markazida — video

eʼlon qilindi
Ular birga suratga tushdi
Javohir Sindarov va Bibisara Asaubayeva yana e’tibor markazida — video
Foto: Instagram / Chess with Lokesh

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva Hindistonning Bengaluru shahrida Tech Mahindra Global Chess League turniri ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Ularning birga tushgan videosi ChessBase India Instagram sahifasida e’lon qilindi.

Videoda Asaubayeva oq kechki libosda, Sindarov esa qora kiyimda ko‘rinadi. Yomg‘irga qaramay, ular qora-oq soyabon ostida birga suratga tushgan.

Ular birga suratga tushdi

ChessBase India tarqatgan videoda Asaubayeva va Sindarov ochilish marosimida kameralar e’tiborida bo‘lgani ko‘rinadi.

Tadbir yakunlangach, shaxmatchilar marosimni tark etgan.

Bir jamoa safida qatnashmoqda

Bibisara Asaubayeva va Javohir Sindarov Tech Mahindra Global Chess League turnirida FYERS American Gambits jamoasi tarkibida ishtirok etmoqda.

Musobaqa 5–13-sentabr kunlari Bengaluru shahridagi The Lalit Ashok mehmonxonasida o‘tkaziladi.

Mukofot jamg‘armasi $1 mln

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi $1 mlnni tashkil etadi.

Asaubayeva va Sindarov bir jamoa safida ushbu musobaqada sovrin uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindarov jamoasi yirik mag‘lubiyatga yuz tutgani haqida xabar berilgandi. Jamoa Magnus Karlsen yetakchiligidagi Alpine APL Pipers’ga 3:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek