Talabalar kontrakt to‘lov shartnomasini qanday onlayn olishi mumkin

eʼlon qilindi
To‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi kerak
Super-kontrakt
Foto: Andrey Popov / depositphotos.com

Talabalar, jumladan birinchi bosqichda tahsil olayotganlar ham to‘lov-shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ko‘ra, buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Arizalar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlangach, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Ariza qanday yuboriladi

Talaba kontrakt.edu.uz platformasiga kirib, tizimdan ro‘yxatdan o‘tadi va to‘lov-shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuboradi.

Ariza OTM qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin tayyor shartnomani yuklab olish mumkin bo‘ladi.

To‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi kerak

Tasdiqlangan shartnoma shakllantirilgach, unda ko‘rsatilgan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish talab etiladi.

To‘lov-shartnomasi uchun arizani «KONTRAKT EDU» mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xorijlik talabalar soni 24 mingdan oshgani ma’lum qilingandi. Ularning qariyb uchdan ikki qismi tibbiyot yo‘nalishini tanlagan.

Shuningdek