Germaniyadan jo‘natilgan pochtadan gashish chiqdi

eʼlon qilindi
Jo‘natma ichidan 3 kg «Klefedron» va 1 kg gashish giyohvandlik vositalari aniqlandi
Foto: ekran tasviri

Toshkentda Germaniyadan pochta orqali yuborilgan jo‘natma ichidan 3 kg «Klefedron» va 1 kg gashish giyohvandlik vositalari aniqlandi. Holat bo‘yicha Chernogoriya fuqarosi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Giyohvandlik vositalari sport anjomlari ichiga yashirilgan

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 2001-yilda tug‘ilgan Chernogoriya fuqarosi Germaniyadan yuborilgan pochta jo‘natmasini qabul qilib olayotgan vaqtda xolislar ishtirokida to‘xtatilgan.

Jo‘natma tekshirilganda, sport anjomlari ichiga yashirilgan 3 kg «Klefedron» va 1 kg gashish borligi aniqlangan. Giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Xonadondan «Alfa-PVP» ham topilgan

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, xorijiy fuqaroning vaqtincha yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirilgan.

Natijada u yerdan jami 30 gramm «Alfa-PVP» narkotik moddasidan iborat 11 dona tayyor zakladka, zip-paketlar, elektron tarozi va boshqa buyumlar aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari muomaladan olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek