Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha qisqartirildi

eʼlon qilindi
Vaziyatga qarab mazkur yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar ham kiritilishi mumkin
Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha qisqartirildi
Foto: tashbus.uz

Toshkent shahridagi Muhammad Yusuf ko‘chasida kommunal infratuzilmani ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli bir qator avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

To‘rtta yo‘nalish harakati o‘zgardi

8-sentabrdan boshlab 62, 70, 80 va 88-sonli avtobuslar Muhammad Yusuf ko‘chasidagi so‘nggi bekatgacha bormaydi.

Mazkur avtobuslar harakati vaqtincha Parkent ko‘chasida joylashgan «Muhammad Yusuf ko‘chasi» bekatigacha qisqartiriladi. O‘zgarish Muhammad Yusuf ko‘chasida kommunal soha infratuzilmasini ta’mirlash ishlari davom etayotgani bilan bog‘liq.

Foto: Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin

Bosh boshqarma ta’mirlash ishlari davomida ushbu hududda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shu sababli avtobuslar orasidagi qatnov intervallari ham uzayishi ehtimoli bor.

Vaziyatga qarab mazkur yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar ham kiritilishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Shahrisabz ko‘chasida 1,2 kilometrlik BRT yo‘lagi ishga tushgani haqida yozgan edi.

Shuningdek