Javohir Sindarov rapid yo‘nalishida juda katta natijaga erishdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
U fransiyalik Alirizo Firuzja ustidan qozongan g‘alabasi evaziga reytingiga 10,6 ochko qo‘shdi
Foto: Chess.com

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Global Chess League doirasidagi g‘alabadan so‘ng jonli rapid reytingida dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi. U fransiyalik Alirizo Firuzja ustidan qozongan g‘alabasi evaziga reytingiga 10,6 ochko qo‘shdi. Bu haqda Uzchess xabar berdi.

Sindarov faqat Karlsendan ortda

Global Chess League’dagi muvaffaqiyatli ishtirok Sindarovning jonli rapid reytingini 2 742,6 ballga yetkazdi. Natijada 19 yoshli grossmeyster reytingda birdaniga to‘rt pog‘onaga yuqoriladi.

Hozir Sindarovdan yuqorida faqat norvegiyalik jahon chempioni Magnus Karlsen bormoqda. Uning jonli rapid reytingi 2806,5 ballni tashkil etmoqda.

Shu tariqa Sindarov rapid yo‘nalishida dunyoning kuchli ikki shaxmatchisi qatoridan joy oldi.

Foto: Uzchess

Sindarovning navbatdagi katta marrasi

Javohir Sindarovning reytingdagi ko‘tarilishi O‘zbekiston shaxmati uchun ham muhim natija bo‘ldi. 19 yoshli grossmeyster so‘nggi turnirlardagi barqaror natijalari orqali jahon reytingidagi mavqeyini yaxshilab bormoqda.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanishiga esa 7 kun qoldi.

Avvalroq O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva Hindistonning Bengaluru shahrida Tech Mahindra Global Chess League turniri ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek