Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni Hindistonga olib chiqishga urinish aniqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda
Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni Hindistonga olib chiqishga urinish aniqlandi
Foto: DXX

Namangan xalqaro aeroportida 1,1 mlrd so‘mlik qimmatbaho metallarni Hindistonga yashirin ravishda olib chiqishga uringan besh nafar fuqaro aniqlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Besh nafar yo‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazildi

Ma’lumotga ko‘ra, Namangan – Dehli yo‘nalishida Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi besh nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida ular qimmatbaho metallarni bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlangan.

Oltin ichki organlarda yashirilgan

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolar o‘z ichki organlaridan «jonli konteyner» sifatida foydalanib, jami 555 gramm og‘irlikdagi quyma oltin bo‘laklari va 200 gramm zargarlik buyumlarini yashirgan.

Ular ushbu qimmatbaho metallarni Hindistonga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Qiymati 1,1 mlrd so‘mga baholandi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, olib chiqishga urinish aniqlangan quyma oltin va zargarlik buyumlarining umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Namangan va Andijonda 3 ming dona «Regapen» musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek