Jarima o‘rniga 500 dollar: «Energosavdo» muhandisi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida «Energosavdo» tuman bo‘limi muhandisi fuqaroga qo‘llangan 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilib berish va yangi elektr hisoblagich hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga $500 olayotganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, departamentning Toyloq tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis $500 olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, o‘qing: Avgustda 71,9 mlrd so‘mlik energiya resurslari «o‘g‘irlandi»
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari, ya’ni firibgarlikka suiqasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-noyabrdan tadbirkorlar elektr va gaz uchun faqat 15 foiz oldindan to‘lov qiladi. Yangi tartib EHNAT va TGNHATga ulangan, shuningdek, masofadan o‘chirish va yoqish imkoniyatiga ega hisoblagichlari mavjud tadbirkorlarga tatbiq etiladi.