ROX Group O‘zbekistonda qanday loyihalarni amalga oshiradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Loyihalar «Yo‘l xaritasi» asosida tezlashtiriladi
ROX Group O‘zbekistonda qanday loyihalarni amalga oshiradi
Foto: prezident matbuot xizmati

Vyetnamning ROX Group kompaniyasi O‘zbekistonda zamonaviy shahar va sanoat infratuzilmasi, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, moliya va turizm sohalarida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu masalalar prezident Shavkat Mirziyoyevning kompaniya asoschisi An Tuan Chan bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Uchrashuv 11-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Asosiy yo‘nalishlar belgilandi

O‘zbekistondagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, moliya hamda turizm sohalari belgilandi.

Shuningdek, kompaniya ishtirokidagi amaldagi va yangi investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va Gonkong investitsiya bitimini tayyorlamoqda

Loyihalar «Yo‘l xaritasi» asosida tezlashtiriladi

Uchrashuv yakunida ROX Group ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni maxsus «Yo‘l xaritasi» asosida jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Biroq rasmiy xabarda loyihalarning aniq qiymati, joylashuvi yoki ishga tushirish muddatlari keltirilmagan.

ROX Group qaysi sohalarda ishlaydi

ROX Group 1996-yilda tashkil etilgan va Vyetnamdagi yirik ko‘p tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi.

Kompaniya ko‘chmas mulk, energetika, bank, mehmonxona biznesi va xizmat ko‘rsatish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Vyetnamning «Doi Moi» iqtisodiy tajribasini o‘rganishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek