Toshkentdagi qaysi chorrahalarda tirbandlik yuqori

10-sentabr kuni Toshkentdagi 10 ta chorrahada tig‘iz vaqtda tirbandlik darajasi 7 ball va undan yuqori qayd etildi. Sutka davomida poytaxt yo‘llarida 1,5 mln dan ortiq transport vositalari harakatlangan. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.
Soat 08:00 dan 09:00 gacha Sag‘bon – Qoraqamish chorrahasi va P. Mahmud ko‘chasida tirbandlik 7 ballga yetgan.
Farg‘ona yo‘li, Choshtepa – Shota Rustaveli, Gavhar – Shota Rustaveli, Nukus – A. Qahhor, THAY – Chorbog‘, THAY – Choshtepa, Oybek – Shahrisabz hamda T. Malik – M. Ulug‘bek chorrahalarida esa tirbandlik darajasi 7 balldan yuqori bo‘lgan.
Kechqurun yettita chorrahada 7 balldan yuqori tirbandlik kuzatildi
Soat 18:00 dan 19:00 gacha Choshtepa – Shota Rustaveli, Gavhar – Shota Rustaveli va Nukus – A. Qahhor chorrahalarida tirbandlik 7 ballga yetgan.
Farg‘ona yo‘li, P. Mahmud ko‘chasi, Sag‘bon – Qoraqamish, THAY – Chorbog‘, THAY – Choshtepa, Oybek – Shahrisabz va T. Malik – M. Ulug‘bek chorrahalarida esa ko‘rsatkich 7 balldan oshgan.
Poytaxt yo‘llarida 1,5 mln dan ortiq avtomobillar harakatlandi
10-sentabr kuni Toshkent yo‘llarida sutka davomida jami 1,5 mlnta transport vositasi qayd etilgan.
Ertalabki tig‘iz vaqtda, soat 07:00 – 08:00 oralig‘ida 254,9 mingta, kechki 18:00 – 19:00 oralig‘ida esa 314,7 mingta transport vositasi harakatlangan.
Jamoat transportida 2,4 mln ga yaqin yo‘lovchi tashildi
Shu kuni 1,7 mingta avtobus 170 ta yo‘nalishda 21,8 mingta qatnovni amalga oshirib, 1,4 mln nafar yo‘lovchini tashigan.
Toshkent metropolitenidan esa 995,8 ming nafar yo‘lovchi foydalangan. Eng katta yo‘lovchi oqimi Chilonzor metro bekatida qayd etilib, undan 52,8 ming kishi foydalangan.
Shuningdek, o‘qing: Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi oshirilishi mumkin
Tirbandlikni kamaytirish uchun svetoforlar rejimi o‘zgartirildi
Tirbandlik kuzatilgan joylarda svetoforlarning ish rejimi muvofiqlashtirilib, ayrim yo‘nalishlarda yashil chiroq yonish vaqti uzaytirilgan.
Shuningdek, transport oqimini tartibga solish uchun ayrim chorrahalarga YPX xodimlari jalb qilingan.
10-sentabr kuni poytaxtda uchta yo‘l-transport hodisasi ham qayd etilgan. Ularda uch kishi tan jarohati olgan, o‘lim yoki o‘ta og‘ir jarohatlanish holatlari kuzatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent maktablarida o‘quvchilarni xavfsiz va qulay tashish uchun School Bus tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganilayotgani xabar berilgandi. Dastlabki so‘rov natijalariga ko‘ra, ota-onalar va vasiylarning 73,5 foizi maxsus maktab avtobuslari qatnovini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlagan.