Mitsubishi Eclipse Cross‘ning yangilangan versiyasini taqdim etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mitsubishi Yevropa bozori uchun yangilangan Eclipse Cross elektr krossoverini taqdim etdi
Foto: Mitsubishi

Mitsubishi Yevropa bozori uchun yangilangan Eclipse Cross elektr krossoverini taqdim etdi. Modelning texnik jihozlari qayta ko‘rib chiqilgan. Eng asosiy yangilik – elektromobil endi kichikroq batareyali va ancha arzon bazaviy versiyaga ega bo‘ldi. Bu haqda avtosalon matbuot xizmati xabar berdi

Yangi versiya 33 ming yevrodan boshlanadi

Yangilangan Eclipse Cross uchun sig‘imi 67 kVt/soat bo‘lgan yangi bazaviy batareya taqdim etildi. Krossover bir marta quvvatlanganda 472 kmgacha yo‘l bosa oladi.

Chegirmalarni hisobga olgan holda, ushbu versiyaning narxi 32 990 yevrodan boshlanadi.

Avval Yevropada Eclipse Cross faqat 87 kVt/soatlik batareya bilan taklif qilingan va uning boshlang‘ich narxi 45 690 yevroni tashkil etgan.

Foto: Mitsubishi

Katta batareyali versiya 650 km yuradi

87 kVt/soatlik batareya o‘rnini endi 89 kVt/soatlik yangi batareya egallaydi. Uning yordamida krossoverning yurish zaxirasi 650 kmgacha yetadi. Ushbu versiyaning narxi hozircha e’lon qilinmagan.

Elektromotor kuchi ham oshirildi

Mitsubishi Eclipse Cross elektromotori ham yangilangan. Uning quvvati 215 ot kuchidan 220 ot kuchigacha oshirilgan.

Har ikki versiya tezkor quvvatlash tizimi bilan jihozlangan. Batareyani 15 foizdan 80 foizgacha quvvatlash kichik batareyali versiyada 24 daqiqa, kattaroq batareyali modelda esa 28 daqiqa davom etadi.

Foto: Mitsubishi

Eclipse Cross Renault Scenic E-Tech modeli platformasi asosida ishlab chiqariladi. Krossoverning yig‘ilishi Fransiyadagi zavodda yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas modelini taqdim etgandi. Yangi S10 Trail Boss Argentinadagi Xalqaro chorvachilik, qishloq xo‘jaligi va sanoat ko‘rgazmasi La Rural’da namoyish qilindi.

Shuningdek