OChL kundaligi: «Neftchi» ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Neftchi» klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvida g‘alaba qozondi
Foto: FC Neftchi

Farg‘onaning «Neftchi» klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvida g‘alaba qozondi. Islombek Ismoilov shogirdlari 1-tur bahsida Iroqning «Eyr Fors» jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

G‘alaba golini Marushich urdi

Uchrashuv davomida jamoalar ehtiyotkorona harakat qildi va uzoq vaqt hisob ochilmadi. Bahs taqdirini esa zaxiradan maydonga tushgan futbolchi hal qildi.

Foto: FC Neftchi

56-daqiqada Yan Medeyros o‘rniga maydonga tushgan serbiyalik hujumchi Zoran Marushich 83-daqiqada «Neftchi»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Koffi Kuao o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatmani amalga oshirdi. Marushich esa to‘pni bosh bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni 1:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Foto: FC Neftchi

Qolgan daqiqalarda «Eyr Fors» hisobni tenglashtira olmadi va farg‘onaliklar tarixda ilk bor Elit OChLda 3 ochko jamg‘ardi.

«Neftchi»ning keyingi raqibi — «An-Nasr»

Mazkur g‘alaba «Neftchi»ga musobaqadagi dastlabki 3 ochkoni taqdim etdi. Farg‘ona klubi Elit OChLning 2-turida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Foto: FC Neftchi

Avvalroq «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi Elitidagi navbatdagi yurishini boshlashi haqida xabar berilgandi. 

Shuningdek