Qarshidagi universitetdan yong‘in chiqdi

eʼlon qilindi
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan
Foto: ekran tasviri

14-sentabr kuni soat 14:53 da «112» yagona tezkor raqamiga Qarshi shahrida joylashgan Qarshi davlat texnika universitetining bosh binosi tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati FVB ma’lumotlariga ko‘ra, xabarga asosan qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borgan. Yong‘in soat 15:57 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Avvalroq 8-sentabr kuni Yangi Toshkent tumani hududidagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘lgandi.

Shuningdek