Dollar oshdi: 16-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

16-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
9-sentabrda 23,88 so‘mga oshib, 11 813,21 so‘m, 10-sentabr kuni 15,29 so‘mga tushib, 11 797,92 so‘m bo‘lgan edi. 11-sentabr kuni 14,45 so‘mga tushib, 11 783,47 so‘mni, 14-sentabr kuni 17,71 so‘mga tushib, 11 765,76 so‘mni, 15-sentabrda esa 0,55 so‘mga tushib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida ham oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 1,8 so‘mga oshib, 13 588,26 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,18 so‘mga tushib, 139,17 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 15-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.