Huawei Mate 90 seriyasining asosiy xususiyatlari ma’lum

15-sentabr 2026 08:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei Mate 90 seriyasining asosiy xususiyatlari ma’lum
Foto: Huawei

Huawei Mate 90 seriyasi taqdimotidan oldin uning ekran, protsessor, batareya va kamera imkoniyatlari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Ekran yorqinligi 10 000 nitgacha yetishi mumkin

Ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei Mate 90 Pro va Mate 90 Pro Max modellarida dual-layer OLED panellari ishlatiladi. Bunday ekranlarda ikkita yorug‘lik chiqaruvchi qatlam bir-birining ustiga joylashtiriladi.

Bu yechim ekranning yuqori yorqinlikka chiqishiga, energiya sarfini kamaytirishga va panel xizmat muddatini uzaytirishga yordam beradi. Insayderga ko‘ra, maksimal yorqinlik 10 000 nitgacha yetishi mumkin.

Eng yuqori toifadagi Mate 90 RS Ultimate modeli esa bundan ham yuqori yorqinlikka ega bo‘lishi kutilmoqda.

Mate 90 Pro Max yangi Kirin chipini olishi mumkin

Mate 90 seriyasidagi protsessorlar modelga qarab farq qilishi aytilmoqda. O‘rta darajadagi versiyalarda N-1 avlod chipi, undan yuqori modelda esa uning yangilangan talqini qo‘llanishi mumkin.

Eng katta model – Mate 90 Pro Max yangi avlod Kirin 9050 Pro protsessoriga ega bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha Huawei bu ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan.

Batareya 6 800 mA·soatgacha bo‘lishi kutilmoqda

Yangi smartfonlarda modelga qarab 6 600 yoki 6 800 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi mumkin.

Bu ko‘rsatkich Huawei’ning yangi flagmanlarini katta sig‘imli batareyaga ega smartfonlar qatoriga olib kiradi.

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy S26 FE narxini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek