Lada Azimut va Lada Iskra «Yevro-6» dvigatellarini oladi

15-sentabr 2026 15:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lada Azimut va Lada Iskra «Yevro-6» dvigatellarini oladi
Foto: AvtoVaz

AvtoVAZ Lada Iskra va yangi Lada Azimut krossoveri uchun mo‘ljallangan dvigatellar «Yevro-6» ekologik standartiga muvofiq sertifikatlanganini ma’lum qildi. Kompaniya endi ushbu versiyalarni ishlab chiqarishga tayyorlamoqda.

Lada Iskra ekologik standartini oshiradi

Hozirgi Lada Iskra 90 va 106 ot kuchiga ega benzinli dvigatellar bilan jihozlanadi. Ular «Yevro-5» standartiga mos keladi.

Yangi sertifikatdan so‘ng modelning ekologik klassi «Yevro-6» darajasiga ko‘tariladi. Biroq AvtoVAZ dvigatellarga aynan qanday texnik o‘zgarishlar kiritilganini hozircha oshkor etmadi.

Lada Azimut ikkita atmosferali motor bilan chiqadi

Lada Azimut esa avvaldan yanada qat’iy ekologik talablar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.

Krossover dastlab 1,6 litrli 122 ot kuchiga ega va 1,8 litrli 135 ot kuchiga ega atmosferali dvigatellar bilan taklif qilinadi. Birinchi motor olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan, ikkinchisi esa variator bilan ishlaydi.

Keyinchalik model qatoriga 150 ot kuchiga ega turbomotor va klassik avtomatik uzatmalar qutisi ham qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Seriyali ishlab chiqarish 18-sentabrda boshlanishi mumkin

Lada Azimut’ni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik yakuniy bosqichga kirgan.

AvtoVAZ avval ishlab chiqarish liniyasini sinovdan o‘tkazish uchun 50 – 60 ta avtomobildan iborat partiyani yig‘gan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, krossoverning seriyali ishlab chiqarilishi 18-sentabr kuni boshlanishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Lada Azimut uchun 1,5 litrli turbomotor yaratilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek